Тел: +998-91) 190-00-76
Email: info@mediator.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda ma’qullandi

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda ma’qullandi
  • 02-мар-2023, 12:37
  • nazarbek
  • 161
  • 0


Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida dastlab senatorlar tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur Qonun mamlakatimiz hududida tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, raqobat muhitini himoya qilish, tovar, moliya va raqamli bozorlarni samarali faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joiz,  unda 2012-yil qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtirilib, tabiiy monopoliya va ustun mavqega ega subyektlarga qo‘yiladigan talablarning aksariyat qismi birxillashtirilgan.
Qonunda raqobat sohasidagi davlat siyosatining ya’ni, raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish, respublika hududida iqtisodiy faoliyat erkinligi va tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.
Bundan tashqari, Qonun bilan bir qator yangi, ya’ni monopoliyaga qarshi komplayens, raqamli platforma kabi tushunchalar kiritilmoqda.
Qonunda ustun mavqeni belgilashning yangi mezonlari kiritilayotgan bo‘lib, unga ko‘ra tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo‘shilmoqda.
Shu bilan birga Qonunda ustun muzokara kuchi instituti kiritilib, ushbu normaga ko‘ra, bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi sababli boshqa subyektlar bilan shartnoma tuzishda, ularda ustun muzokara kuchi mavjud deb baholanishi belgilanmoqda.
Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash maqsadida Qonunda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni baholash tizimi joriy qilinmoqda.
Qonun bilan savdolarga doir raqobatni cheklashga qarshi talablar va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishtirokchilarning bir vaqtda savdo jarayonlarida ishtirok etishiga taqiqlar belgilanmoqda. 
Shuningdek, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Senatorlarning fikriga ko‘ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi raqobatga qarshi harakatlarning kamayishiga, iqtisodiy faoliyat erkinligi, tovarlarning erkin harakatlanishiga, raqobat muhitini rivojlantirishga hamda tovar va raqamli bozorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga huquqiy asos yaratadi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. 


www.senat.uz


Boshqa yangiliklar


«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930