Тел: +998-91) 190-00-76
Email: info@mediator.uz
Иш вақти: 09:00 - 18:00

Investitsiya loyihalari davlat hisobidan infratuzilma bilan taʼminlanadi

Investitsiya loyihalari davlat hisobidan infratuzilma bilan taʼminlanadi


Prezident tomonidan 25.08.2021 yildagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5233-son qaror imzolandi.

Hujjat 2021 yil 20 avgust kuni oʼtkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab investorning qiymati 200 mlrd soʼmdan oshadigan, uning oʼz mablagʼlari ulushi 25%dan kam boʼlmagan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash ishlari boʼyicha moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • kirish avtomobil yoʼllari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlarining 90%i boʼyicha - Oʼzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzimasini rivojlantirish dasturi mablagʼlari, 10%i boʼyicha- Qoraqalpogʼiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʼshimcha manbalari;
  • elektr energiyasi va gaz tarmogʼini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari boʼyicha - respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan taʼminotchi korxonalarga 5% stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan byudjet ssudasi mablagʼlari;
  • aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari boʼyicha - taʼminotchi korxonalar va tadbirkorlarning oʼz mablagʼlari.

Quyidagilar:

  • ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari boʼyicha - "Suv taʼminoti va kanalizatsiya obʼektlarini qurish boʼyicha injiniring kompaniyasi" unitar korxonasi;
  • kirish avtomobil yoʼllarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari boʼyicha - Аvtomobilь yoʼllari qoʼmitasi huzuridagi "Mintaqaviy yoʼllarga buyurtmachi xizmati" DUK, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi;
  • elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlari boʼyicha - "Hududiy elektr tarmoqlari" АJ va "Oʼzbekiston milliy elektr tarmoqlari" АJning hududiy filiallari;
  • tabiiy gaz yetkazib berish ishlari boʼyicha - "Oʼztransgaz" АJ va "Hududgaztaʼminot" АJning hududiy filiallari;
  • aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari boʼyicha - "Oʼzbektelekom" АK va uning hududiy tashkilotlari buyurtmachi etib belgilandi.

Belgilanishicha, mazkur qaror TIАga koʼra investorlarning oʼz mablagʼlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish oʼzini oqlamaydigan investitsiya loyihalariga tatbiq etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 25.08.2021 yildan kuchga kirdi.




«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930