Тел: +998-91) 190-00-76
Email: info@mediator.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, sog‘liqni saqlash vazirligi va davlat xizmatini rivojlantirish agentligining qo‘shma bayonoti

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,  sog‘liqni saqlash vazirligi va davlat xizmatini rivojlantirish agentligining qo‘shma bayonoti
  • 25-янв-2023, 16:15
  • nazarbek
  • 234
  • 0


Tibbiyot sohasida korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiya illatidan xoli qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan quyidagilarni amalga oshirishga kelishib olindi:
1.  Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda jamoatchilikka va OAV vakillariga taqdim etib borish va muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

2.  Tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilish jarayonidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va xodimlarni ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish;

3.  Tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish;

4.  Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida tizimdagi barcha muassasalar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlarni aks ettirib borish va doimiy yangilab borish;

5.  Tibbiyot xodimlariga munosib mehnat sharoitini yaratish va daromadini oshirish, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish:

Bunda, tibbiyot xodimlari malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat hajmi, murakkablik darajasi va sifatiga qarab mehnatga haq to‘lashning toifalangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

6.  Tibbiyot muassasalari rahbarlari, kadrlar xizmati hamda bosh hisobchilarni   kasbiy odob-ahloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha   o‘quv kurslarida doimiy va tizimli ravishda  o‘qitish  tartibini joriy etish;
7.  Tibbiyot muassasalari kesimida bemorlar davolanishi uchun mo‘ljallangan jami o‘rin (joy) soni, shu jumladan ulardagi band qilingan va bo‘sh turgan o‘rin (joy) haqida onlayn ma’lumot beruvchi elektron platformani ishga tushirish;

8.  Bepul tibbiy xizmat olish huquqini beruvchi orderlarni taqsimlash jarayonining ochiq va shaffofligini  ta’minlash borasida tartib ishlab chiqish, unda elektron order tizimini masofaviy monitoring qilish orqali korrupsion omillarga chek qo‘yib, navbatsiz order olish imkoniyatini bartaraf etish;

9.  Xizmatlar ko‘rsatish texnologiyasi, zarur kadr resurslari, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sarflanishini nazarda tutadigan sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiy xizmatlarning yagona reyestrini yaratish va muntazam ravishda jamoatchilikni xabardor qilib borish;

10. Sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha boshlangan ishlarni to‘liq qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish, barcha tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘ziga qamrab oluvchi yagona elektron bazani ishga tushirish va ajratiladigan mablag‘larning sarflanishi ustidan qat’iy jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish;

11.  Masofadan turib shifokor qabuliga yozilish imkonini beruvchi  “Elektron poliklinika” (reg.ssv.uz.) axborot tizimini to‘liq ishga tushirish;

12.Tizimda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan soha va yo‘nalishlarda davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish mumkin bo‘lgan tartib va xizmatlarni elektronlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
13.Har bir tibbiyot muassasasi, oilaviy poliklinika va shifoxonaning kirish joylarida va vazirlikning rasmiy veb-saytida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxatini joylashtirish ishlarini tashkil etish va jamoatchilikni xabardor qilib borish.

14. Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish;

15.Tibbiyot muassasalaridagi tibbiy uskuna va jihozlar talon-taroj qilinishining oldini olishga qaratilgan real vaqt rejimida ishlaydigan elektron platformani ishga tushirish;

16. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi olish bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlari davlat xizmatlari markazlari orqali faqat elektron shaklda qabul qilish va attestatsiya jarayonlarini onlayn  test orqali o‘tkazish tartibini joriy etish;

 17. Vazirlik markaziy apparati va hududiy tuzilmalarida alohida shtat biriklari asosida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi (“komplayens-nazorat”) faoliyatini samarali tashkil etish choralarini ko‘rish.

Mazkur vazifalar ijrosi Agentlik va Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashlari tomonidan muntazam ravishda muhokama qilib boriladi hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar har chorakda brifing yoki matbuot anjumani shaklida ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yetkazib boriladi.

www.anticorruption.uz


Boshqa yangiliklar


«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930