Тел: +998-91) 190-00-76
Email: info@mediator.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi: o‘zbek yuridik fanining rivojlanishi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi: o‘zbek yuridik fanining rivojlanishi
  • 30-авг-2023, 16:06
  • nazarbek
  • 180
  • 0


Bugun shu mavzuda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Barqaror rivoshlanish markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, hamda yuridik ixtisoslik bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, bugungi kunda ilmiy tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, akademik Akmal Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, siyosiy fanlar doktori, professor Bahrom Abduhalimov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Konferensiyada Omonboy Oqyulov – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bosh ilmiy xodimi, yu.f.d., professor - “O‘zbekistonda ilm-fan sohasi rivojining iqtisodiy, huquqiy asoslari”, Jumanazar Xolmo‘minov – Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani, yu.f.d., professor -“Yangi O‘zbekistonda insonning ekologik huquqlarini ta’minlashning ilmiy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, Firuza Muhitdinova – Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yu.f.d. professor -“Yangi O‘zbekistonda yuridik fanni rivojlantirishda xotin-qizlarning tutgan o‘rni”, Mirodiljon Baratov – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d., professor -“O‘zbekistonda davlat mustaqilligining iqtisodiy-huquqiy asoslariga doir” mavzularida ma’ruza qildilar.

So‘z olganlar ta’kidlaganidek, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuqlar va natijalar zamirida boshqa sohalar qatorida ilm-fan sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar ham mujassam. Shu bilan to‘xtab qolmasdan kelgusida istiqlolning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash borasida tizimli fundamental tadqiqotlar o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Milliy o‘zligimiz, qadim tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimizni yanada chuqur tahlil qilish, ular haqida keng jamoatchilik, ayniqsa, yosh avlodga zarur ilmiy tushuntirishlarni berish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirishga urg‘u berildi.

Shuningdek, anjumanda atoqli olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va yoshlar mamlakatimizda yuridik fan sohasining istiqbollari xususida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Muloqotlar qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Botir Samarxodjayeva va professori, yuridik fanlar doktori Foziljon Otaxonov ishtirok etishdi.

www.parliament.gov.uz


Boshqa yangiliklar


«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930