YANGI O‘QUV QO‘LLANMA

YANGI O‘QUV QO‘LLANMA

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi professori, yuridik fanlar doktori, hakamlik sudyasi Foziljon Otaxonov tomonidan yozilgan “Iqtisodiy sudlarda hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish” nomli o‘quv qo‘llama chop etildi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining “Iqtisodiy huquq ixtisosligi bo‘yicha o‘quv kursi yuzasidan dual ta’lim shakli asosidagi kasbiy qayta tayyorlash kursining” O‘quv dasturi doirasida tayyorlangan va Odil sudlov akademiyasi tinglovchilariga mo‘ljallangan.

Mazkur qo‘llanmada iqtisodiy sudlarda hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”, “Davlat boji to‘g‘risida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida o‘n bitta paragrafni o‘z ichiga olgan ikkita bobda batafsil yoritilgan va sud hujjatlari (ajrimlar, hal qiluv qarorlari) namunalari keltirilgan.

O‘quv qo‘llanmadan iqtisodiy sud va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari malakasini oshirishda, shuningdek yuridik ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari, magistrlari va talabalari ham foydalanishlari mumkin.

Мавзуга оид бошқа хабарлар