Keshbek mohiyati nimada?
⚡️ Keshbek tizimi — bu shunchaki xariddan keyin mablag‘ qaytarib berish mexanizmi emas. Uning asosiy maqsadi iste’molchilarni rasmiy chek talab qilishga undash, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishdan iborat.
🧾 Fiskal chek — xaridor huquqlarini himoya qiluvchi muhim hujjat. Har bir rasmiylashtirilgan chek tadbirkorlik faoliyatining qonuniy yuritilishiga, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishiga va davlat budjetiga tushumlarning oshishiga xizmat qiladi.
💬 Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, yuridik fanlar doktori, professor Foziljon Otaxonov keshbek tizimining jamiyatdagi ahamiyati, fuqarolarning huquqiy madaniyati va halol iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Keshbek — halol xarid, shaffof savdo va ishonchli tizim sari muhim qadamdir.
Мавзуга оид бошқа хабарлар