Тел: +998-91) 190-00-76
Email: info@mediator.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00

Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
  • 07-янв-2023, 16:02
  • nazarbek
  • 256
  • 0


Joriy yilning 6-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Unda dastlab Kengashning 2022-yil to‘rtinchi chorakdagi faoliyati tahlil qilindi. 

Ta’kidlash joiz, mazkur davr mobaynida Kengash tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat va chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga faol ko‘maklashildi. 

Jumladan,  yoshlarning korrupsiyaga nisbatan munosabatini o‘rganishga bag‘ishlangan so‘rov shakllantirildi, Kengash a’zolari Agentlik tomonidan tashkil etilgan forum va seminarlarda, Korrupsiyaga qarshi kurashish media haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda, shuningdek, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan aksiya va fleshmoblarni ommalashtirishda, normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalarida  o‘z taklif va tashabbuslari bilan faol  ishtirok etdi.  

Yig‘ilishda Kengash faoliyatining bu yilgi ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim maqsad-vazifalar ham belgilab olindi.  

Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Jamoatchilik kengashi raisligiga yangi nomzodni saylash masalasi muhokama qilindi.  

Yakunda  Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Foziljon Otaxonov bir ovozdan Kengashning yangi raisi etib saylandi. 

www.anticorruption.uz


Boshqa yangiliklar


«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930