9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Faxriylar uchun avtobusda sayohat uyushtirilib, ular O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, boy tarixiy va ma’naviy merosimizni aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishildi.


Shundan so‘ng adliya vaziri bilan faxriylar o‘rtasida samimiy muloqot hamda iliq xotiralar bilan boy bo‘lgan uchrashuv tashkil etildi.
Adliya vaziri Akbar Tashkulov tizim rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarni samimiy tabrikladi hamda ularning xizmatlarini alohida e’tirof etdi.


Мавзуга оид бошқа хабарлар