“Paradnaya Assambleya — 2026” xalqaro inqirozga
qarshi kongressi Minsk shahrida bo‘lib o‘tadi
2026-yil 14–16-aprel kunlari Minsk shahrida bankrotlik va inqirozga qarshi boshqaruv sohasidagi yetakchi professional tadbirlardan biri — V Xalqaro “Paradnaya Assambleya” kongressi bo‘lib o‘tadi.
Kongress mavzusi — “Inqirozga qarshi boshqaruv — chegaralarsiz”. Tadbir MDH davlatlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi.
Kongressda arbitraj boshqaruvchilari, davlat organlari vakillari, bank va sug‘urta sektori mutaxassislari, ilmiy va yuridik hamjamiyat vakillari, mediatorlar, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.
Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinadi:
· transchegaraviy bankrotlik va model qonunchilikni rivojlantirish;
· inqirozga qarshi strategiyalar va mediatsiya qo‘llanilishi;
· MDH va BRIKS mamlakatlarida bankrotlik tizimini isloh qilish;
· arbitraj boshqaruvchilarining huquqiy maqomi va javobgarligi.
Kongressda turli mamlakatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi. Ayniqsa, transchegaraviy bankrotlik bo‘yicha model qonun ustida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, bankrotlik jarayonlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbir nafaqat ishbilarmonlik dasturini, balki quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
· tantanali kutib olish va gala-kechki ovqat;
· ekskursiyalar (Nesvij va Mir qal’alari, “Sula” park-muzeyi);
· dunyodagi eng katta yuk ko‘taruvchi BELAZ-75710 avtomobilini ko‘rish;
· norasmiy muloqot va professional aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari.
Kongress xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va inqirozga qarshi boshqaruv sohasida ilg‘or yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Barcha mutaxassis va qiziquvchilarni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan kongressda ishtirok etishga taklif etamiz!
Мавзуга оид бошқа хабарлар