Soxta cheklarga aldanib qolmang!
⚠️ So‘nggi vaqtlarda ayrim firibgarlar fuqarolarni soxta cheklar orqali keshbek olish mumkinligi bilan chalg‘itishga urinmoqda.
❗️ Unutmang, keshbek faqat qonuniy xarid qilingan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan fiskal cheklar asosida beriladi. Soxta chekdan foydalanish yoki bunday harakatlarda ishtirok etish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🚨 Shubhali takliflarga ishonmang. Xarid cheklarini faqat rasmiy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridan oling. Halol xarid — ishonchli keshbek kafolati.
Мавзуга оид бошқа хабарлар