Тел: +998-91) 190-00-76
Email: info@mediator.uz
Иш вақти: 09:00 - 18:00

Jamoatchilik maslahat kengashi

Jamoatchilik maslahat kengashi


Xovos tumanida jamoatchilik maslahat kengashi faoliyatini samaradorligini oshirish bo‘yicha trening o‘tkazildi 

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha Xovos tumanida hokimlik va xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi Jamoatchilik maslahat kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha treninglar boshlandi.
Treninglarda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Xodjayeva Sayyora Ataxanovna, Oliy majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Ataxanov Foziljon Xaydarovich, Oliy Majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament instituti bo‘lim boshlig‘i Oqilov Olim Raximovich, maslahat kengashi a'zolari, tuman hokimligi mas'ullari hamda deputatlar ishtirok etishdi.
Jamoatchilik maslahat kengashlarining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarni:
• fuqarolarning davlat faoliyatiga ishonch darajasini oshirish;
• davlat organlari faoliyatining shaffofligi, ochiqligi va samaradorligini ta’minlash;
• ijtimoiy nizolarning oldini olish va hal etishda ko‘maklashish;
• qarorlar qabul qilishda jamoatchilik fikri, fuqarolar, jamoat birlashmalari va boshqa NNTlarning taklif va tavsiyalari inobatga olinishini ta’minlash;
• jamiyatda korruptsion xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirishni o'z ichiga oladi. Jamoatchilik maslahat kengashlari davlat siyosatini inson manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishda davlat va jamoatchilik o‘rtasidagi bo‘g‘in vazifasini bajaradi.
Trening doirasida ishtirokchilar Jamoatchilik maslahat kengashlarining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdi, xalqaro va milliy amaliyotni hisobga olgan holda jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishning muvaffaqiyatli holatlari tahlil qilindi. Bundan tashqari, trening ishtirokchilari joylardagi mavjud vaziyat va holatlarni tahlil qilish asosida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.
Trening yakunlari bo‘yicha Jamoatchilik maslahat kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va trening ishtirokchilariga o‘quv kurslarini tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.
Ma'lumot o'rnida, o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.


www.xovos-tuman.uz



«    Март 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031